So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Baxtiyor Sattorov - 1:6 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng: "Menga bunday himoyachilar kerak emas. Ular bilan xayrlashaman" Yangiliklar

Baxtiyor Sattorov - 1:6 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng: "Menga bunday himoyachilar kerak emas. Ular bilan xayrlashaman"

O'zbekiston Pro-ligasi 17-turi doirasida "Nurafshon" - "SHerdor" (6:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Baxtiyor Sattorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Yigitlar o'yindan oldin hayolan raqibni mag'lubiyatga uchratib bo'lgandi. “Nurafshon“ juda ham yaxshi shakllangan jamoa. Birinchi davrada ular qanday jamoa ekanligini ko'rsatgandi. Futbolchilarim o'yindan oldin raqibning kuchini to'g'ri hisobga olmagani uchun jazolandi. “Nurafshon“ni g'alaba bilan tabriklayman.

- 6 gol o'tkazib yuborgan darvozabon va himoyachilarning o'yinini qanday baholaysiz?
- Darvozabonimiz hali yosh, u 2000 yilda tug'ilgan. Bunday muhim o'yindagi o'tkazilgan gollarda uning xatolarini ko'rmadim. Bundagi asosiy etirozim himoyachilarga qaratilgan. Bunday himoyachilar menga keragi yo'q, ular bilan xayrlashamiz. Yoshlarni o'ynatamiz va zaxiradagi futbolchilarni tushiramiz.

- O'zbekiston Kubogi doirasida “Lokomotiv“ga qarshi bahsning taxminan 20-daqiqalari o'tib borayotgan bir vaqtda bir himoyachingiz darvozabonga qarab “Sekinroq o'yinni boshla, men charchadim“, dedi. Jamoa futbolchilarining jismoniy holati shunchalik yomonmi?
- Jamoaning jismoniy holati yaxshi darajada. Biz o'tgan yilning noyabr-dekabr oylaridan buyon yig'inlarda qatnashyapmiz. Pro-ligada o'ynashimiz ham nomalum bo'lib turgan bir vaqtda biz har kuni 1 mahaldan mashg'ulotlar olib borib, jismoniy holatimizni yaxshilayotgandik. Siz o'sha futbolchini ismini aytmagan bo'lsangiz ham men bu kimligini bilaman. U futbolchimiz “o'z joyiga etib kelgan“. U tajribali, mahoratli, yoshlarga dars bera oladi, deb o'ylagandik. Biroq u ishonchni oqlay olmadi. Jamoamiz samarqandlik yoshlardan tashkil topgan. Biz Samarqand futboli uchun yoshlarni tayyorlab berishda yanada ko'proq ishlashda davom etamiz. Bugungi mag'lubiyatning videolavhalarini tomosha qilib, bundan hulosa qilib olamiz.

- Transferlar oynasi ochildi. Tarkibning taxminan necha foizi o'zgaradi?
- Aniq aytaman, 10 futbolchining jamoadan ketishi aniq. Kamida 10 nafar yangi futbolchini o'zimizga jalb qilamiz. Ketadiganlarning soni bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика