So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Baxtiyor Sattarov: "Mavsum hali davom etadi..." Yangiliklar

Baxtiyor Sattarov: "Mavsum hali davom etadi..."

Bugun bo'lib o'tgan yoshlar ligasining 28-tur uchrashuvidan so'ng "Mashal" yoshlari bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

 

"Bugungi uchrashuv og'ir kechishini bilar edik. Turnir jadvalidagi ikkinchi va uchinchi jamoalar o'yinlar har doim shiddatli kechadi. Barcha turnirlarda bunday o'rinda joylashgan jamoalar bahsi murosasiz kechadi. "Mashal" yoshlari har doim eng yuqori o'rinlar uchun kurashib kelgan. Har ikki jamoalarda ko'plab imkoniyatlar bo'lishiga qaramay o'yin taqdirini yagona gol hal etdi. Taktik jihatda kuchli tayyorgarlikka ega edik. Birinchi bo'limda qarshi hujumda o'yin ko'rsatdik va maydonda ikkinchi raqamda bo'ldik. Ikkinchi bo'limda tezkor qarshi hujumlarga tayanib o'yin ko'rsatishni istagan edik. Bu tanlagan uslubimiz samara berdi deya olaman. Toshpo'latov raqib darvozabonini xato qilishga majbur qildi. Bundan samarali foydalanganimiz yigitlarga ishonch berdi. SHundan keyin o'yin temp bizga o'tdi va Maradona ham juda qulay vaziyat yuzaga kelgan edi. Undan tashqari Murtozaev, Yuldashevda ham qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan edi lekin oxirgi vaziyatlarda aniqlik etishmadi. "Paxtakor" juda ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. Bekorga ikkinchi o'rinda emasligini maydonda ko'rsatishga harakat qildi. Ularda ham yaxshi imkoniyatlar bo'lgan edi. Darvozabonimiz Javohir Ilyosov jamoani gollardan qutqardi deya olaman" , - deydi yoshlarimiz bosh murabbiyi

- Yoshlarimiz ushbu mavsum ham kamida medallardan biriga egalik qiladi. Bu borada fikrlaringiz qanday ?

Bizning asosiy maqsadimiz oldin ham aytib o'tganimdek asosiy tarkib uchun munosib futbolchilar tayyorlashdir. SHu bois birinchi navbatdagi o'yin sifatiga katta etibor qaratamiz. Medallar haqida gapiradigan bo'lsam , hali mavsum yakunlangan yo'q. Biroq biz allaqachon chempionlikdan uzoqlashib bo'ldik. Endi kumush medallar uchun harakat qilamiz. Biroq vaziyat faqat o'zimizga bog'liq emas. Biz faqat o'zimizni o'yinni ko'rsatamiz va munosib futbolchilarga imkoniyat beramiz.

- O'tgan yili chempionlikni qo'lga kiritgan jamoa, bu mavsum bronza sohibiga aylanib bo'ldi. Bundan va butun mavsumdan ko'nglingiz qay darajada to'lmoqda?

Yuqorida aytganimdek hali mavsum davom etadi. Kumush uchun harakatni ham davom ettiramiz. O'tgan uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan jiddiy xatolar bugun medallarga ham tasir o'tkazmoqda. Bu jamoa bemmalol chempionlik uchun kurash oladigan jamoa deb o'ylayman. Etarlicha iqtidorli futbolchilar bor. "Andijon", "Buxoro" va "Bunyodkor" bilan o'yinda yo'l qo'yilgan kichik xatolar yakunda bizni chempionlikdan mahrum qilmoqda. Futbolda kichik xatolar kechirilmaydi. Mavsum hali davom etadi ...

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика