So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Baxtiyor Namozov: "Plyaj futbolida ham xuddi katta futbolda bo'lgani singari hakamlik borasida raqobat kuchli" Yangiliklar

Baxtiyor Namozov: "Plyaj futbolida ham xuddi katta futbolda bo'lgani singari hakamlik borasida raqobat kuchli"

Yanvar oyi boshida futzal hakamlari uchun Malayziyada o'tkazilgan seminarda Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamyurtimiz Baxtiyor Namozovga maxsus sovrinni topshirgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Baxtiyor Namozov yurtimizga qaytgach, yuksak etirof haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ochig'i, bunday etirofga sazovor bo'laman deb o'ylamagandim. OFK tomonidan taqdim qilingan maxsus sovrindan boshim osmonga etdi.  Bu sovrin yanada katta kuch bilan o'z ustimda ishlashga turtki bo'ladi. SHu paytga qadar Plyaj futboli bo'yicha ko'plab katta musobaqalarda, Osiyo va Jahon chempionatlarida ishladim.

Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati finalida ishlagan dastlabki osiyolik hakam bo'lganimdan juda xursandman. Albatta, bunga erishish oson bo'lgani yo'q. Tinimsiz mehnat va muntazam ravishda mashg'ulotlar samarasi mana shunday yoqimli bo'ldi. Plyaj futbolida ham xuddi katta futbolda bo'lgani singari hakamlik borasida raqobat kuchli. Bu yo'nalishda ayniqsa Italiya, Franciya, Polsha mamlakatlari hakamlari juda kuchli hisoblanadi. O'zbekistonlik hakamlar ham ana shunday raqobatda o'z o'rnilariga ega bo'lish uchun juda ko'p mehnat qilmoqdamiz.


O'zbekiston futbol federaciyasi rahbariyati ham mamlakatimizda malakali hakamlar tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat qaratmoqda. Hakamlar uchun turli seminarlar, o'quv-yig'inlar tashkil etib beryapti. Bu chora-tadbirlar albatta o'z samarasini beradi, deb o'ylayman.

Kelgusida ham yana katta musobaqalarda hakamlik bo'yicha O'zbekiston va Osiyo sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman”, - deydi Baxtiyor Namozov.

Baxtiyor Namozov hakamlik faoliyatini 2008 yilda boshlagan bo'lib, dastlab Birinch liga uchrashuvlarini boshqargan. 2010 yildan boshlab Oliy liga uchrashuvlarida ishlagan. 2009 yildan boshlab Plyaj futboli bo'yicha FIFA hakami.  


2011,2013 va 2015 yillarda Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatlarida faoliyat yuritgan. 2015 yilda Eron – Ummon terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo chempionati finalini boshqargan.

SHuningdek, 2013, 2015, 2017 yillarda Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatlarida ish olib borgan. 2017 yilda Braziliya – Taiti o'rtasida JCH finalini boshqargan.  


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика