Baxtiyor Ashurmatov: "Teng kechgan bahsda biz mag'lub bo'ldik"
15 mar 2014 18:49
Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Teng kechgan bahsda biz mag'lub bo'ldik"
"Navbahor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
"O'yin to'g'risini aytsam bugun birinchi o'yin bo'lgani uchun yigitlarimda hayajon sezilib turdi. Muxlislar qo'llab-quvvatlashi natijasida dastlabki bo'limda shogirdlarim biroz o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. O'yin oxirida yo'q joydan, o'z xatoimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. "Lokomotiv" hisobni saqlab qolish uchun harakat qildi va bunga erishdi. Raqibni tabriklayman, teng kechgan bahsda biz mag'lub bo'ldik.
Yangi futbolchilardan bazilari o'zini ko'rsatdi, bazilari esa hali o'z imkoniyati darajasida o'ynay olmadi. Familiyalarni aytishda shoshilmayman. Sababi bu hali mavsum boshi.
Mag'lubiyatda jamoani shakllantirish uchun vaqt etmadi deb bahona qilmoqchi emasman. "Lokomotiv" darvozasi oldida kam imkoniyat yaratdik va gol ura olmadik. Mag'lubiyatimizga shu sabab bo'ldi.
Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. "Lokomotiv" yoki "Nasaf"ga qarshi o'yin ekan deb mag'lub bo'lish rejamizda yo'q. Agar keyingi o'yinlarda o'zimizga kerakli bo'lgan o'yinni ko'rsatib, g'alabalarga erishsak yuqori o'rinlarga kurasha olamiz.
Hakamlik haqida nima deyishim mumkin. Muxlislarga hakamlik yoqmadi. Ikkinchi bo'limda ko'p to'xtalishlar bo'ldi, lekin atiga 3 daqiqa qo'shib berildi. Lekin bugun hakamlar o'yin taqdirini hal qiladigan xato qilishgani yo'q", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
SHerzod Hamdamov.

Fikrlar