So’nggi yangiliklar

08:09Месси Дембелени табриклади  1 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Natija har doim muhim" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Natija har doim muhim"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining chorak final bosqichidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan intervyu tashkil etdik.

- Baxtiyor aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Ochig'ini aytganda ko'pchilik bu turnirda natija muhim emas deb hisoblaydi. Lekin natija har doim muhim bo'lgan. Bugungi o'yin derbi maqomiga mos bo'ldi. "Turon" jamoasi selekciya ishlarini juda yaxshi tarzda olib borayapti, jamoaning tarkibi bir qator tajribali futbolchilar bilan to'ldirilmoqda. SHu sababdan bugungi uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tdi.

Jamoamiz futbolchilari berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi deb ayta olaman, ular maydonda oxirigacha kurashishdi. O'ylaymanki, futbol muxlislariga bugungi o'yin manzur bo'ldi. Bizning oldimizdagi vazifa - mazkur musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritish. "Hokim kubogi" musobaqasida bir qator nomdor klublar ishtirok etmoqda, shu sababli ushbu musobaqa har yilgidan ko'ra qiziqarliroq ruhda kechyapti. Baribir o'yindagi ustunlik ko'proq biz tomonda bo'ldi, balki "Turon" tarkibi yangi shakllanayotganligi uchun futbolchilar jamoa uslubiga moslashib ulgurishmagan. O'ylaymanki, bu jamoa Superligada o'z so'zini aytadi, har qanday raqibga "boshog'riq" bo'ladigan klubga aylanmoqda.

Yigitlarga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman. Uzoq yo'l bosib kelib stadionda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Jamoangiz bugungi o'yinda raqibga nisbatan ko'p qo'pollik ishlatgandek ko'rindi...

- Men bunaqa deb aytmagan bo'lardim. Bugungi o'yin yakkakurashlarga boy tarzda o'tdi. Agar Fozil Musaev jarohat olgan vaziyatni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, bu vaziyatda jamoamiz azosi Rustam Abduhamidov futbolchini ko'rgani yo'q edi. U to'pni tepib yuborish uchun sakradi, Musaev boshi bilan o'ynamoqchi bo'lgani oqibatida tasodifiy jarohat yuzaga keldi. Lekin raqiblar tomonidan jamoamiz hujumchisi Mo'min Melievga nisbatan ham bir necha bor ortdan zarbalar berilganini ham etiborga olish kerak. Bu futbol, men hozir u yoki bu jamoa keskin o'ynadi deb aytmagan bo'lardim. Umuman aytganda har ikki jamoa ham jangovor futbol namoyish etdi. Maydon xolati ham bugungi o'yin shunday ruhda o'tishiga sababchi bo'ldi, uchrashuvda ko'proq yakkakurashlar bo'ldi.

- "Qo'qon-1912" musobaqaning navbatdagi bosqichida Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi "Istiqlol" jamoasi bilan to'qnash keladi. Mazkur o'yin haqida fikrlaringiz...

- Anvar Berdiev jamoasi bugun "Buxoro" bilan bahsda PRO-Liga vakili bo'lishiga qaramasdan juda yaxshi o'yin namoyish etdi. O'ylaymanki jamoamiz yigitlari ushbu bahsga masuliyat bilan yondashishadi. Bizni xayolimizda "Istiqlol" PRO-Liga jamoasi degan fikr yo'q, chunki bugun ularning "Buxoro" bilan kechgan o'yinini ko'rib shunga amin bo'ldik. Anvar Berdiev yaxshi jamoa shakllantirmoqda, shu sababli oson o'yin bo'lmaydi.Bu uchrashuv juda qiziqarli va tomoshabop ruhda o'tishiga shubha yo'q.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика