So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  3 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  31 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

Baxtiyor Ashurmatov mish-mishlarga oydinlik kiritdi va kelajakdagi rejasini oshkor qildi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov mish-mishlarga oydinlik kiritdi va kelajakdagi rejasini oshkor qildi

Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda Baxtiyor Ashurmatovning "Navbahor"da ish boshlashi haqidagi mish-mish xabarlar keng tarqaldi.

Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Baxtiyor Ashurmatov bilan bog'landik.

"Buxoro" jamoasining sobiq bosh murabbiyining takidlashicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Yani, Ashurmatov mish-mishlarni to'liq inkor etdi hamda kelajakda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoada uzoq muddat ishlash rejasi borligini yashirmadi.

"Bu yangilik hech qanday asosga ega emas.To'g'ri, "Navbahor" jamoasiga mehrim boshqacha. Lekin u erda ayni paytda murabbiy ishlamoqda. Hozircha hech qaysi jamoadan taklif bo'lgani yo'q. Ayni damda uydaman. Farzandlarimga, oilamga ko'proq vaqt ajratish imkoni bo'lganidan foydalanyapman.O'g'illarimni futbol mashg'ulotlariga olib boryapman. Buyog'iga men o'z oldiga yuqori maqsad ko'ygan jamoadan taklif bo'lsa, o'sha erda kamida 3-4 yil ishlamoqchiman. Endi o'ylamasdan qaror qilishga, xato qilishga haqqim yo'q", - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Buxoro"da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan va mavsum o'rtasidagi AGMK ruliga o'tirgang Ashurmatov olmaliqliklar bilan O'zbekiston Kubogida zafar quchgandi.

Joriy mavsumni esa "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida boshlagan Ashurmatov 8-turdan so'ng istefoga chiqishni maqul ko'rdi va ayni paytda erkin agent maqomida.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика