So’nggi yangiliklar

19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  1 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  4 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  3 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  1 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  3 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  10 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  7 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  2 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  4 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Jamoamizni nisbatan yoshartirishga harakat qilyapmiz” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Jamoamizni nisbatan yoshartirishga harakat qilyapmiz”

“O'zbekiston-U22” jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng , “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov intervyu berdi.

- O'tgan mavsumda jamoamiz yomon ishtirok etmadi. Lekin mavsum so'nggidagi jarohatlar , zahira o'rindig'imizning torligi bizni sovrinli o'rinlardan birini egallashimizga to'sqinlik qildi. O'ylaymanki biz bu yil ham raqobatbardosh jamoa tuza olamiz. Bu yo'lda izlanyapmiz. Jamoamizni nisbatan yoshartirishga harakat qilyapmiz.

Bugungi O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'yin biz uchun juda ham foydali bo'ldi. Ko'plab yosh futbolchilarni yana bir bor ko'rikdan o'tkazib oldik. O'rinbosarlar tarkibidan kelgan yoshlarimiz va jamoamizga yangi taklif qilingan yosh futbolchilar bugungi o'yinlari bilan murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirishdi. Sardor Etovqo'ziev, Jamshid Rahmatullaev, Ilhom Vahobov kabi futbolchilar o'yindan-o'yinga jamoamizga moslashib borishmoqda. O'yinning ikkinchi bo'limida baribir yosh futbolchilarimizda biroz tajriba kamligi bilinib qoldi va biz gol o'tkazib yubordik.

Jamoamiz tarkibiga kuchli futbolchilar qo'shilishda davom etmoqda. Yarim himoyachilar Asadbek Sobirjonov va Yakuba Bamba safimizga kelib qo'shildi. Bu futbolchilar o'yinimizni kuchaytiradi deb o'ylayman.

Hozir hamma jamoalar mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishyapti. Lekin meni ko'proq o'zimni jamoamning tayyorgarligi qiziqtiradi. Biz mavsumga yaxshi tayyor bo'lishimiz, o'tgan mavsumdagi natijamizdan kam bo'lmagan natija uchun kurashishimiz lozim. Bu yo'lda biz mehnat qilishdan to'xtamaymiz. Muxlislarimizning esa jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishlari hamda jamomizga ishonishlari biz uchun juda muhim.  Ular bizni qo'llab turishsa biz albatta o'tgan yildagidek jangovor futbol namoyish qilamiz. SHu o'rinda barcha muxlislarimizga sog'lik va ishlarida omad tilayman - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика