So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

Baxtiyor Ashurmatov: "Asabiy kechgan o'yinda muhim g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Asabiy kechgan o'yinda muhim g'alabaga erishdik"

Superliganing 1-turidan joy olgan "Turon" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

- Avvalambor, o'zbekistonlik futbol muxlislarini mavsum boshlangani bilan tabriklayman! O'ylaymanki, muxlislarning sevimli jamoalari ularni xursand qilishadi. O'yin to'g'risida fikr bildirishdan avval shuni takidlab o'tgan bo'lardimki, "Turon" jamoasi 2-3 yil mobaynida har tomonlama juda katta o'sishga erishdi, katta hajmdagi ishlar va selekciya ishlari olib borildi. Men "Turon" jamoasi rahbariyatiga omad tilayman. O'ylaymanki, shuncha qilingan harakatlar albatta, meva beradi.

O'yinga kelsak, "Turon" jamoasi muxlislari bugungi derbida o'z jamoalaridan g'alaba kutishgandi. Asabiy kechgan o'yinda jamoamiz muhim g'alabaga erishdi. Buni avvalo, yigitlarimizning mehnati va keyingi navbatda omad bilan bog'lagan bo'lardim. O'z uylaridagi birinchi o'yin ekanligini inobatga olib, "Turon"dan hujumkorroq o'yin kutgan edik.

O'yinchilarimizga g'alaba uchun va havo sovuqligiga qaramasdan, Qo'qondan kelib, qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

- Vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo ulardan foydalanish koefficienti past bo'ldi. Hujumchilarning o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Hujumchilardan ko'nglim to'ldi. Agar ikkinchi golni vaqtliroq urganimizda yoki SHohnazar Norbekov va Sardor Azimov vaziyatlarni golga aylantirishganida boshqacha bo'lardi. Bizda qarshi hujumlarda ko'p imkoniyat tug'ildi, chunki "Turon" hujumga o'tganida, ayrim nuqtalar bo'sh qoldi. Hujumchilarga etirozim yo'q, lekin bundan ko'proq gol urishsa, yaxshi bo'lardi.

- Taqdimot marosimida jamoa oldiga 3-o'rinni olish vazifasi qo'yildi. SHunga bosh murabbiy sifatida jamoaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bilasizmi, bizda niyatga ko'p narsa bog'liq deyiladi. Masalan, "Andijon" va "Turon" jamoalari kuchli uchlikni maqsad qilganliklarini malum qilishdi. Jamoamizda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, raqobat kuchli, ayniqsa, markazda. Hamma narsaning imkoni bor, rahbariyat va muxlislar bizga ishonch bilidirishyaptimi, demak, har bitta o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz, natijasini esa mavsum yakunida ko'ramiz.

- Murod Xolmuhammedov asosan, markazda harakatlandi. Bu uning ushbu mavsumdagi asosiy poziciyasimi yoki bu jamoani tark etgan Quvondiq Ro'zievning o'rnini to'ldirish uchun qilingan ishmi?

- Yo'q, Murod Xolmuhammedov va Quvondiq Ro'ziev turlicha uslubda o'ynaydigan futbolchilar. Murod Xolmuhammedov to'p bilan yaxshi muomalada bo'lishini, birinchi pas orqali hujumlarni boshlay olishini inobatga olib, tayanch yarim himoyaga qo'ydik. Aytaylik, 3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynasak, uni markaziy himoyaga qo'yish imkonimiz bo'ladi. Xolmuhammedov universal o'yinchi, mavsum davomida uni boshqa poziciyalarda ham o'ynatishimiz mumkin.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика