"Bavariya"ning nemis yarim himoyachisi AQSH terma jamoasida ishtirok etishga qaror qildi
19 may 2022 16:04
Yangiliklar
"Bavariya"ning nemis yarim himoyachisi AQSH terma jamoasida ishtirok etishga qaror qildi
"Bavariya" va Germaniya yoshlar terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Malik Tillman AQSH uchun ishtirok etishga qaror qildi.
Bu haqda Germaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Di Salvo xabar qildi.
Mutaxassisning tan olishicha, futbolchining terma jamoani o'zgartirish qarori nemis jamoasidagi barcha uchun kutilmagan hol bo'ldi.
"Biz Malikning qaroridan afsusdamiz - bu bizni juda ham hayratga soldi. Biz unga ishongandik va o'yin amaliyoti bergandik. Qolaversa, biz uning kattalar termasiga kirishi borasida muzokara olib borayotgandik", - deydi Di Salvo.
Tillman joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar