"Bavariya" Noyer mavsumoldi yig'ingacha safga qaytishiga umid qilmoqda
31 jan 2023 12:13
Yangiliklar
"Bavariya" Noyer mavsumoldi yig'ingacha safga qaytishiga umid qilmoqda
Myunxen klubi darvozaboni Manuel Noyer jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
"Bild" xabariga ko'ra, 36 yoshli darvozabonning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Noyerning holati "Bavariya"ga iyul oyida mavsumoldi yig'in boshlangunga qadar safga qaytishiga umid qilish imkonini beradi.
10 dekabr kuni posbon chang'i uchayotganda oyog'ini sindirib oldi va 2022/23 yilgi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi.
19 yanvar kuni "Bavariya" jarohat olgan Noyer o'rniga "Borussiya M"dan 34 yoshli Yan Zommerni sotib oldi. Tomonlar 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bitim imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar