"Bavariya" Mazraui transferini elon qildi
24 may 2022 16:00
Yangiliklar
Myunxen klubi 24 yoshli o'ng qanot himoyachisi bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. U "Ayaks" bilan amaldagi shartnomasi tugayotgani tufayli klubni erkin agent sifatida tark etdi.
"Bavariya" bilan muzokaralar endigina boshlanganida, menda darhol yaxshi kayfiyat paydo bo'ldi. Evropaning eng yaxshi klublaridan biriga qo'shilganimdan xursandman. "Bavariya" yaqinda ketma-ket 10-marta Germaniya chempioniga aylandi va kelasi yili CHempionlar Ligasi uchun kurash olib boradi.
Eng katta sovrinlarni yutish uchun aynan shu klubni tanladim", – dedi Mazraui.
Marokashlik futbolchi joriy mavsumda "Ayaks" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar