"Bavariya" "Manchester Yunayted" himoyachisi uchun "Real" bilan kurashishi mumkin
12 mar 11:55
Yangiliklar
"Bavariya" "Manchester Yunayted" himoyachisi uchun "Real" bilan kurashishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning 25 yoshli o'ng qanot himoyachisi Diogu Dalotga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, myunxenliklar kelasi yozda portugaliyalik futbolchini sotib olishi mumkin. Dalotni Madridning "Real" klubi ham kuzatib bormoqda. Takidlanishicha, "Bavariya" va "Real" "Manchester Yunayted" himoyachisining barqarorligi va moslashuvchanligini etirof etmoqda.
Dalot joriy mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar