"Bavariya" Devisga qatiy shart qo'ydi
25 mar 19:57
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachi Alfonso Devisga qatiy shart qo'ydi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Myunxenliklar futbolchiga yiliga 14 million evro maosh bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishdi. Futbolchi 20 million talab qilmoqda. Uning "rekordmaystr" bilan amaldagi bitimi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
"Bavariya" Devisga oy oxirigacha yangi shartnomasi bo'yicha javob berish lozimligini tushuntirdi. Agar kanadalik buni qilmasa yoki shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, klub uni transferga qo'yadi.
Madridning "Real" klubi 23 yoshli fulbekka asosiy davogar sifatida ko'rilmoqda, biroq madridliklar futbolchi uchun talab qilinadigan 50 million evroni to'lash istagida emas.
Fikrlar