"Bavariya" asosiy yarim himoyachisining ketishi haqida bayonot berdi
30 jan 17:35
Yangiliklar
"Bavariya" asosiy yarim himoyachisining ketishi haqida bayonot berdi
"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd yarim himoyachi Leon Gorecka joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishini tasdiqladi.
Avvalroq 30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, "Bavariya"ni tark etayotgani haqida malum qilgan edi.
"Biz Leon bilan yozda nima bo'lishi haqida ochiqchasiga gaplashdik. Endi ayta olamizki, Leonning "Bavariya"dagi davri yozda yakunlanadi. 8 yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan so'ng u boshqa klubga o'tadi", – dedi funkcioner matbuot anjumanida.

Gorecka myunxenliklar safiga 2018 yilda "Shalke"dan kelib qo'shilgan. Yarim himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar