Bashar Resan: "O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi"
26 may 10:31
Yangiliklar
Bashar Resan: "O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi"
"Bugun juda og'ir kun bo'ldi. Biz juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. "Xorazm" taktik jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham juda kuchli edi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida xatolik tufayli gol o'tkazib yubordik, futbolchilarning etiborni biroz susaytirishgandi. Lekin yaxshiyamki, o'zimizga kelib, kerakli gollarni urdik. So'nggi daqiqalargacha uch ochkoni qo'lga kiritish uchun harakat qildik. Eng muhimi, bu o'yinda g'alaba qozondik va muxlislarimizni xursand qildik.
Biz bir jamoamiz va doimo birgamiz. Maqsadimiz faqat uch ochko olish, kim gol urdi yoki kim yordam berdi, bu muhim emas. Barcha o'yinchilar – zaxirada o'tirganlar ham, maydonda o'ynaganlar ham bir xil darajada va har bir o'yinga tayyor. Shuning uchun biz xursandmiz. G'alabada jamoaviy kuch muhim rol o'ynadi.
Menimcha, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ularga omad tilayman. Ularning imkoniyatlari juda yuqori. Iroqqa kelsak, bizni Janubiy Koreya va Iordaniyaga qarshi juda murakkab o'yinlar kutmoqda. Bu vazifani bajarish oson bo'lmaydi. Umid qilamanki, Iroq ham to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga yo'l oladi. Agar buning iloji bo'lmasa, pley-offda yana bir imkoniyatimiz bor", dedi iroqlik futbolchi.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar