So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

“Barselona”ning sobiq posboni ijtimoiy tarmoqdagi akauntlarini o'chirib tashladi Yangiliklar

“Barselona”ning sobiq posboni ijtimoiy tarmoqdagi akauntlarini o'chirib tashladi

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq posboni Viktor Valdes “Instagram” va “Tvitter” ijtimoiy tarmog'idagi akkauntlarini o'chirib yubordi, deya xabar bermoqda Marca.

Nashrning yozishicha, 1 yanvar kuni 35 yoshli futbolchi Tvitter ijtimoiy tarmog'ida yo'l tasviri tushirilgan suratni  va unga “barchasi uchun rahmat” degan yozuvli postni joylashtirgandi. SHu tariqa u futbolchilik faoyalitini yakunlaganiga ishora qilmoqchi bo'lgan deya taxmin qilinmoqda. 2015 yilda futbolchi faoliyatini yakunlagach, bor etiborini oilasiga qaratishi haqida gapirgandi: “Qachondir projektorlar o'chib, faoliyatimni yakunlasam, bolalarim bilan sayr qilib, ularning tarbiyasiga etibor qarataman. Umid qilamanki, bu vaqt kelganda, meni topish juda qiyin bo'ladi”.

O'tgan yili avgust oyida turli klublardan takliflar bo'layotganligiga qaramay butsalarini mixga osishga qaror qilganligi haqida xabarlar chiqqandi. Darvozabon 2002 yidan 2014 yilga qadar “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bu davr oralig'ida u olti marta Ispaniya chempioni (2005,2006,2009, 2010, 2011,2013) uch bor CHempionlar ligasi (2006, 2009, 2011), ikki bor Ispaniya kubogi (2009, 2012) va klublar o'rtasida jahon chempionati (2009, 2011)da g'olib chiqqan. Ispaniya termasi tarkibida Jahon (2010) va Evropa (2012) chempioniga aylangan. “Barselona”dan keyin Valdes “Manchester Yunayted”, “Standart” va “Midsbro”dan faoliyat yuritgan.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика