"Barselona"ning moliyaviy holati kutilganidan yomonroq bo'lib chiqdi
01 apr 2021 01:01
Yangiliklar
"Barselona"ning moliyaviy holati kutilganidan yomonroq bo'lib chiqdi
"Barselona"ning yangi rahbariyati klubning moliyaviy holatini ichki tekshiruvdan o'tkazdi va yoqimsiz natijalarni qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda Kataloniyaning "Esport3" kanali.
OAVning xabariga ko'ra, tekshiruv natijasida "Barsa"ning moliyaviy imkoniyatlari kutilganidan ancha yomonligi aniqlandi.
Joriy mavsum oxirida zarar miqdori 350 million evroni tashkil qilishi mumkin va klub 2022/2023 yilgi mavsum boshiga qadar foyda ko'rishi qiyin.
Argentinalik hujumchi Lionel Messi jamoani tark etmasligi va "Barselona" qo'shimcha ravishda yangi top-o'yinchini sotib olishi haqidagi farazlar baholashning nyuanslaridan biri bo'ldi.
Ammo kataloniyaliklarning yangi bosh direktori Ferran Reverter klub iqtisodiy inqirozdan chiqib ketishini takidlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar