"Barselona"ning 4 nafar futbolchisi La Liga saytidan olib tashlandi
01 iyu 2023 19:25
Yangiliklar
"Barselona"ning 4 nafar futbolchisi La Liga saytidan olib tashlandi
Darvozabon Inyaki Penya, himoyachilar Ronald Arauxo va Markos Alonso hamda yarim himoyachi Serji Roberto yangi shartnomalar ro'yxatdan o'tmagani uchun La Liga saytida "Barselona" tarkibidan chiqarildi.
La Liga rahbariyati klubdagi moliyaviy muammolar tufayli futbolchilarning yangi kelishuvlarini qabul qilmadi.
Endi 4 nafar futbolchi ham Ispaniya chempionati o'yinlarida "ko'k-anorranglilar" uchun o'ynash huquqiga ega emas.
"Barselona" o'tgan mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi va 2019 yildan buyon ilk bor sovrinni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar