So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

"Barselona"dan "Real"ga o'tgan top-5 futbolchi Yangiliklar

"Barselona"dan "Real"ga o'tgan top-5 futbolchi

Teglar :  BarselonaReal
"El Klasiko" vaqtida dunyo ikkiga bo'linishi hech kimga sir emas.

Undagi jamoalar esa azaliy raqiblar. Ikki jamoa ham siyosiy va moliyaviy tomondan baquvvat bo'lganligi uchun doimiy raqobatda va bugungi kunga qadar dunyoga mashhur futbolchilarni etishtirib bergan.

"Barselona"dan "Real"ga bir necha bora futbolchilarning transferlari kuzatilganligin barcha yaxshi biladi. Biz ayni damda shu borada to'xtalamiz.

MIKAEL LAUDRUP

Daniyalik o'yinchi "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan. U 1989 yilda "Yuventus"dan Kataloniya jamoasi safiga borib qo'shildi va Gari Linekerning o'rnida harakat qildi. "Barsa"ga o'tgunga qadar u "Yuve" bilan A Seriya hamda Qitalararo kubok turniri g'olibligini qo'lga kiritdi va butun dunyoda mashhur bo'ldi.

U Ronald Kuman va Xristo Stoichkov bilan birga o'ynagan va "Barselona"ning oltin davridagi eng yaxshilaridan bo'lgandi. 1993/94 yilgi mavsumda jamoa bosh murabbiyi Yoxan Kroyff braziliyalik Romarioni jamoaga olib boradi va Laudrupni zaxiraga o'tkazib qo'yadi. Bu holat esa Mikaelni boshqa jamoaga o'tishga chorlaydi.

O'sha mavsum yakunlanganidan keyin "Real" futbolchi bilan shartnoma imzolaydi va Laudrup "qirollik klubi" bilan LaLiga g'olibligiga erishadi.

Ayni damda Laudrup Qatarning "Al Rayyan" jamoasini boshqarmoqda.

LUIS MILYA

Ispaniyalik futbolchi nafaqat "Barselona", balki "Real" uchun muhim himoyachilardan biri bo'lgan. Milya "Barselona"da 1984-1990 yillar oralig'ida harakat qilgan va klubi bilan ketma ket LaLiga, Kopa del Rey va Evropa kubogini qo'lga kiritgan.

1990 yilda esa Yoxan Kroyff tufayli "Real"ga o'tib ketgan. Luis "Real"da ham dahshatli o'yin namoyish etdi va o'zining eng yaxshi davrlarini o'tkazdi. 1993 yilda Ispaniya kubogi qo'lga kiritilishida o'zining katta hissasini qo'shdi.

"Valensiya" tarkibida 4 yil o'ynaganidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunladi. Hozirda u Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda.

BERND SHUSTER

SHuster "El Klasiko"da ikki tomonda ham o'ynagan kam sonli futbolchilardan biri bo'lgandi.

U 1980 yillarda "Barselona"ning asosiy figuralaridan edi. Garchi Kataloniya jamoasi tarkibida yaxshi harakat qilgan bo'lsa-da, klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatda bo'lmagan.

8 yillik faoliyatidan keyin u "Barselona"dan "Real"ga o'tdi. SHunisi qiziqki, SHuster "Real"da 2 yil to'p tepib, "Atletiko"ga transfer qilindi.

Germaniyalik 1997 yilga kelib, Meksikaning "UNAM Pumas" jamoasi tarkibida faoliyatini yakunladi.

Ayni damda u Xitoyning "Dalyan Ifan" jamoasini boshqarmoqda.

XOSEP SAMITER

Samiter "Barselona" tarixidagi eng mashhur futbolchilardan biri. U Kataloniya klubi tarkibida 454 uchrashuvda qatnashib, 333 gol kiritgan. Paulino Alkantara va Leo Messi bilan birgalikda klubning eng yaxshi to'purarlari uchligidan o'rin olgan.

Xosep o'z vaqtida Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lgan. Uning o'yin uslubi boshqacha edi. SHu boisdan uni "El Mag" (sehrgar) va "Xoum Lagosta" (chigirtka) deb atashgan.

1933 yilda Samiter "Barselona" rahbariyati bilan chiqisha olmadi va asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib qo'ydi. Uzoq muddat zaxirada o'tirganidan keyin u 1934 yilda "Real"ga ko'chib o'tdi.

SHunga qaramasdan u "Barselona" afsonasi bo'lib qoldi. 1972 yilda esa vafot etdi.

LUISH FIGU

"El Klasiko"ning ikki jamoasida o'ynagan eng shafqatsiz futbolchilaridan biri.

Portugaliyalik futbolchi 1995 yilda "Barselona" tarkibiga borib qo'shilgan. U o'z mahorati va chiroyli o'yinlari sababli jamoa bilan 172 uchrashuvda maydonga tushdi va 30 gol kiritdi.

2000 yilning yozida esa u Kataloniyadan Madridni afzal ko'rdi. Uning "Real"ga transferi rekord darajada edi. Figu "Real"ga o'tishi orqali "Barselona" muxlislari ko'ziga yomon ko'rinib qoldi.

"Real" bilan "Kamp Nou"ga qaytganida muxlislar Figuning boshiga pul va cho'chqa o'yinchoqlarni otishdi. "Real" tarkibida u chiroyli o'yin ko'rsatdi va 2001 yilda FIFA uni eng yaxshi futbolchi deb elon qildi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика