So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  12 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  36 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   30 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  371 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  25 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  3 00:23"Бавария" "Реал"га қарши эҳтимолий тўқнашув олдидан "Бернабеу"нинг томидан "чўчимоқда"  9 23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!  54 23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  6 22:52“Барселона” Бастонига қизиқиш билдирмоқда. “Интер” футболчига нарх белгилаган  0 22:36Про лига: мураббийлар билан танишамиз — ОФК Кубоги-2011 ғолиби, "Навбаҳор" собиқ устози ва 2024 йилнинг энг яхши ёшлар мураббийи (1-қисм)   0 21:30Гринвуд "Ювентус"нинг ёзги трансфер ойнасидаги асосий мақсадига айланди  1 21:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро бўйича қарорни қайта кўриб чиқмайди  3 20:49Костакурта: "Мен Леауни алмаштирмаган бўлардим"  1 20:21Расман: Францис Нарх "Каттақўрғон" футболчисига айланди  4

“Barselona”dan ketishi kerak bo'lgan 4 futbolchi Yangiliklar

“Barselona”dan ketishi kerak bo'lgan 4 futbolchi

“Barselona” o'z tarixida bir ko'rsatkich bo'yicha yomon natija qayd etmoqda. Bu klubda o'zgarish vaqti kelganini ko'rsatadi.

Kataloniya klubi tarkibi juda yaxshi shakllangan. Ammo, jamoaning La Liga doirasida ketma-ket 4 uchrashuvda g'alaba qozona olmasligi, qandaydir o'zgarishlar vaqti kelganligidan darak beradi. Quyida “Barselona” klubini tark etishi kerak bo'lgan 4 futbolchi haqida to'xtalib o'tishni afzal ko'rdik.  

Luis Suares
Hujumchi, 31 yosh

Tan olish kerak, urugvaylik forvardning ushbu mavsumda foydalilik koefficienti tushib ketdi. Hali o'yinlar juda ko'p va Luis Suares o'z darajasiga chiqib oladi degan fikrlar muhlislar tomonidan bildirilishi tabiiy albatta. Lekin uning yoshi allaqachon 30 dan oshganligi, kerakli paytda ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurishi, jismoniy holatidagi o'zgarishlar futbolchidan voz kechish kerak degan fikrga kelish uchun asos bo'la oladi. Aslida, uni yozda boshqa klubga sotib yuborish(yaxshi summaga) mumkin edi. Messiga golli pas berish bo'yicha peshqadam(27 golli pas) bo'lib olgan Suaresdan ayrilish oson bo'lmaydi. Lekin, vaqtida uning o'rnini iqtidorli, yosh bo'lgan hujumchi bilan to'ldirishni ham bilish kerak. Hozirda kataloniya klubining 9-raqamiga mos hujumchi sifatida 22 yoshli Andre Silva ko'rilmoqda. Yozda “Sevilya” tarkibiga borib qo'shilgan portugaliyalik forvard ushbu mavsumda ajoyib ko'rsatkich qayd etmoqda – 8 o'yin, 7 gol.



Rafinya
Yarim himoyachi, 25 yosh


“Barselona” yozgi transfer vaqtida Rafinyani sotish uchun juda ko'p harakat qilib ko'rdi. Hattoki, braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida “Inter”da o'tkazdi. Lekin Italiya klubi ham uning o'rniga “Roma”dan 30 yoshli Radja Nainggolanni olib keldi va braziliyalik havbekning xizmatidan voz kechdi. Bu esa Rafinyaning qay darajadagi futbolchi ekanligini ko'rsatishga yaqqol misol bo'la oladi. Uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar etarli. Masalan, Arturo Vidal va  19 yoshli Riki Puig. Rafinyaning maydonga tushishi, jamoaga ko'proq foyda keltirishi mumkin bo'lgan boshqa o'yinchilarga imkoniyat bermayapti.

Almashtirilishi kerak: Riki Puig
Qachon: Yanvar, 2019



Xerar Pike
Himoyachi, 31 yosh


Jerar Pike “Barselona” tarihidagi klubga tasir o'tkazgan 10 futbolchidan biri hisoblanadi. Uning orqa chiziqdan hujum boshlay olish mahorati va mudofaadagi ishonchli o'yini jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo'lishiga hizmat qildi. Lekin vaqt o'tishi bilan hamma narma o'zgaradi. Pikeda hali pasayish kuzatilmadi. Yaxshi formasini ushlab turibdi. Ammo, maydondan tashqaridagi holatlar uni futbol o'ynashdan chalg'itmoqda. Tennis, pokker va biznesdagi urinishlar, Pikening futbolchilik faoliyatida “sirpanish davri” boshlanayotganidan nishon beradi. Ispaniyalik himoyachi bir kun kelib kataloniya klubi prezidenti bo'lishi mumkin. Hozir esa, asta-sekin himoyani u siz ham qurish uchun harakat qilish kerak. Bu borada Mattias De Ligt yaxshi variant.

Almashtirilishi kerak: Mattias De Ligt
Qachon: yozgi transfer, 2020


Denis Suares
Yarim himoyachi, 24 yosh


2016 yil yozgi transfer vaqtida jamoaga katta maqsadlar ila olib kelingan va Xaviga o'rinbosar sifatida munosib ko'rilgan Denis Suares bu ishonchlarni oqlay olmayapti. 6 raqamda to'p suradigan yarimhimoyachiga bazan jarohatlar, bazan o'z poziciyasidagi ishonchsiz o'yini halal bermoqda. Bu mavsumda biror marta maydonga tushirilmagan va jarohatidan endigina forig' bo'lgan Denisning klub uchun foydali ish hajmi “0”ga teng bo'lib turibdi. Uning o'rnini, Karles Alena bilan to'ldirish mumkin.  

Almashtirilishi kerak: Karles Alenya
Qachon: Zudlik bilan


squawka.com saytidan Nodir Abdurasulov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика