So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  0 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

"Barselona" Xavi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytiradi Yangiliklar

"Barselona" Xavi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytiradi

Kataloniya klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesga yangi shartnoma taklif qiladi.

Klub "Real"ga qarshi La Liganing navbatdagi uchrashuvidan so'ng jamoa ustozini yangi bitim bilan siylamoqchi. Yangi kelishuv 2025 yilgacha amalda bo'ladi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub joriy mavsumda yana biror sovringa ega chiqishi yoki aksi bo'lishidan qati nazar 43 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishni istaydi. U murabbiyning ishidan juda mamnun.

Xavi bungacha 2024 yilning iyunigacha kuchda bo'ladigan shartnomaga ega edi. Mutaxassis Laporta bilan yaxshi shaxsiy va professional munosabatlarni o'rnatgani bois bir yillik uzaytirish hech qanday qiyinchiliklarsiz qabul qilinishi kutilmoqda.

"Barsa" ushbu mavsum Xavi qo'l ostida Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Mamlakat kubogi yarim finali birinchi o'yinida "Real" ustidan kichik hisobda g'alaba qozondi. Dushanba kuni bo'lib o'tadigan klasikodagi g'oliblik turnir jadvalida Madrid klubidan 12 ochko oldinlab ketish imkonini berishi mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика