"Barselona" vingeri "Al Hilol" qiziqishlari doirasida
16 iyu 2023 18:59
Yangiliklar
"Barselona" vingeri "Al Hilol" qiziqishlari doirasida
"Barselona" vingeri Rafinya "Al Hilol"ga o'tishi mumkin.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Rafinya ham, uning atrofidagilar ham Osiyodan qiziqishlar bo'layotganini yaxshi bilishadi. Biroq Kataloniya klubiga hali rasmiy taklif kelib tushmagan.
O'tgan yozda Rafinyani "Lids"dan sotib olish uchun 55+10 mln evro to'lagan kataloniyaliklar uning ketishidan eng kamida 40 mln evro ishlab olishni istamoqda. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli esa 1 mlrd evro qilib ko'rsatilgan.
Agarda rasmiy taklif bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" futbolchini sotish borasida o'ylab ko'rmoqchi. O'tgan mavsumda Rafinya "Barselona" tarkibida LaLiganing 36 o'yinida qatnashdi va 7 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar