"Barselona" va "Sevilya" Ispaniya Kubogidan chetlatildi
24 jan 2023 22:53
Yangiliklar
Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasi ayollar o'rtasidagi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida hujjatda yo'q futbolchilarning maydonga tushganini payqagan. "Barselona"ning "Osasuna"ga (9:0) qarshi o'yinida hujumchi Geys Ferreyra ishtirok etgan. U o'zining sobiq jamoasidagi diskvalifikaciyani o'tamaganligi sababli bahsda qatnashmasligi kerak edi. "Sevilya"ning "Vilyarreal"ga (1:0) qarshi bahsida esa diskvalifikaciyasini o'tamagan Nagore Kalderon ishtirok etgan.
SHu boisdan ikki klub turnirdan chetlatildi. Undan tashqari, klublar 1001 evrodan jarima to'lagan. Undan tashqari klublarga 10 kun ichida appelyaciya kiritish imkoniyati berilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar