"Barselona" ustozi: "Qachondir bunday kambekni boshdan o'tkazganman deb o'ylamayman"
22 jan 2025 18:42
Yangiliklar
"Barselona" ustozi: "Qachondir bunday kambekni boshdan o'tkazganman deb o'ylamayman"
Uchrashuv davomida kataloniyaliklar avvaliga 1:3, keyin esa 78-daqiqada ham 2:4 hisobida ortda borishayotgan edi. Rafinyaning g'alaba keltiruvchi goli esa 90+6-daqiqada kiritildi. Bellashuvdan keyin "Barselona" ustozi Xans-Diter Flik fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu aqldan ozdiradigan o'yin bo'ldi. Hal qiluvchi jihat mentalitetimiz bo'ldi. O'yinga qayta oldikva bu ajoyib. Bu futbol va aynan shuning uchun uni yaxshi ko'ramiz.
Men qachondir bunday kambekni boshdan o'tkazganman deb o'ylamayman. Bu aql bovar qilmas narsa. 1-bo'limda unchalik yaxshi o'ynay olmadik. CHuqur himoyalandik va noto'g'ri poziciyalarni tanladik. 2-bo'limda esa maydonda eng yaxshi jamoa bo'la oldik. O'zgarishlar o'yinga qaytishimizga yordam berdi.
SHensni? Qaysi o'yinchi xato qilmaydi? Bu normal holat, biz birgalikda g'alaba qozonamiz va birgalikda yutqazamiz. Gap bitta o'yinchi haqida emas. Mentalitet... bazida shunday o'ynashga to'g'ri keladi. Bugun ikkinchi bo'limda ko'rganlarim menga juda ham yoqdi.
"Valensiya" va "Atalanta" bilan o'yinlarga etibor qaratishimiz muhim. Biz xotirjamlikka berilmasligimiz kerak", - dedi Flik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar