"Barselona" sport departamenti Xolandning transferini tashkil etish ustida ish olib bormoqda
30 noy 2021 14:34
Yangiliklar
"Barselona" sport departamenti Xolandning transferini tashkil etish ustida ish olib bormoqda
"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni xarid qilish imkoniyatlarini o'rgandi.
Kataloniya klubi sport departamenti transferni tashkil etish borasida ish olib bormoqda.
Ehtimoliy bitimdagi asosiy to'siq moliyaviy feyr-pley bo'lishi mumkin.
Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasida tovon puli 75 million evro etib ko'rsatilgan. SHuningdek hujumchining agenti Mino Rayola 40 million evro komissiya va uning otasi Alf-Inge Xoland 20 million evro olmoqchi.
"Barselona" o'yinchi bilan shartnoma imzolash juda qiyin bo'ladi deb hisoblamoqda. Ammo, bunga qaramay, klub bunga urinib ko'radi.
Xoland joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar