“Barselona” sobiq ustozi “Vilyarreal”da Emerining o'rnini egallaydi
25 okt 2022 09:40
Yangiliklar
“Barselona” sobiq ustozi “Vilyarreal”da Emerining o'rnini egallaydi
Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
Unga ko'ra, “Barselona” sobiq bosh murabbiyi Kike Seten “Vilyarreal”da ish boshlaydi. U 2020 yil kataloniyaliklarni tark etgan va hozirgacha ishsiz edi. 64 yoshli mutaxassis “sariq suvosti kemasi” vakillari bilan muzokara olib bormoqda. U faoliyati davomida “Betis”, “Las-Palmas”,”Lugo”, “Logrones”, “Polideportivo”, “Rasing” kabi klublarni boshqargan va Ekvatorial Gvineya TJda faoliyat olib borgan. SHuningdek, Kike 2005 yil Rossiya plyaj futboli termasiga ustozlik qilgan.
Eslatib o'tamiz, Unai Emeri “Vilyarreal” bilan shartnomasini bekor qilib, “Aston Villa”da ish boshladi. Jamoa hozirda La Liga turnir jadvalida 18 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar