"Barselona" Robertoga kamaytirilgan maosh bilan ikki yillik bitim taklif qiladi
07 jan 2022 11:27
Yangiliklar
"Barselona" Robertoga kamaytirilgan maosh bilan ikki yillik bitim taklif qiladi
"Barselona" himoyachi Serji Robertoning shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni tiklashga qaror qildi.
Kataloniya klubi rahbariyati yaqin kunlarda 29 yoshli ispaniyalik futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazadi.
Qayd etish kerakki, jamoa bosh murabbiyi Xaviga himoyachining turli poziciyalarda o'ynashi, shuningdek klubga sadoqati yoqadi.
"Barsa" Robertoga kamaytirilgan maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qiladi. SHu bilan birga kelishuvda individual va jamoaviy natijalarga aloqador turli xil bonuslar ko'zda tutiladi.
Roberto joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar