"Barselona", "Real" va yana uch top-klub argentinalik uchun kurashmoqda
10 mar 2019 14:11
Yangiliklar
"Barselona", "Real" va yana uch top-klub argentinalik uchun kurashmoqda
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko bir necha top-klublar qiziqishlari doirasida.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, 26 yoshli argentinalik uchun "Arsenal" va "Atletiko" ham kurashga qo'shilgan. "Ayaks" futbolchining transferida 8 million evro ishlab olmoqchi.
Talyafikoga bir necha oylardan buyon "Barselona", "Bavariya" va "Real" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi. Futbolchining agenti hozirda "Real" bilan ish olib bormoqda va u "Yuventus"ga o'tib ketishi kutilayotgan Marseloning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Talyafiko 2018 yilda "Independente"dan 8 million evro evaziga "Ayaks"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 31 o'yinda qatnashdi va 5 gol urib, shuncha golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar