"Barselona" rahbariyati Valverdedan bir narsani iltimos qildi
18 okt 2018 11:43
Yangiliklar
"Barselona" rahbariyati Valverdedan bir narsani iltimos qildi
Kataloniya klubi LaLiganing so'nggi 4ta uchrashuvida g'alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, ko'k-anorranglilar himoya chizig'ida muammolar bor. Samuel Yumtiti va Tomas Vermalen jarohat tufayli bir necha hafta maydonga tusha olishmaydi. "Barselona" himoya markazida o'ynash uchun ikki nafar futbolchi qolgan: Xerard Pike va Kleman Langle. Pikening o'yini avvalgidek ishonchli emas. Valverde kimni maydonga tushirishni bilmay boshi qotgan.
Kataloniya klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyidan "Barselona B" jamoasi futbolchilaridan ko'proq foydalanishni so'radi.
Diario Sport nashri jurnalisti Alber Rojer Ernesto Valverdeni La Masiya tarbiyalanuvchilaridan foydalanmayotgani uchun tanqid qildi.
"Murabbiy La Masiyaga ham etibor qaratishi kerak. Valverde "Barselona B" jamoasining markaziy himoyachilariga etibor qaratmayapti. Alena "Barselona B"ga qaytarildi, Samper esa umuman qaydnomaga kiritilmayapti. Yoshlar faqat birinchi jamoa bilan mashg'ulot qilishmoqda. Nimalar bo'lyapti o'zi?" - deydi Alber Rojer.
Fikrlar