"Barselona" Rafinyani Sanchoga almashtirmaydi
15 dek 2023 00:15
Yangiliklar
"Barselona" Rafinyani Sanchoga almashtirmaydi
"Barselona" qanot yarim himoyachisi Rafinyani "Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sanchoga almashtirish variantini rad etdi.
Eslatib o'tamiz, sentyabr oyida Sancho jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan mojaro tufayli "Manchester Yunayted" mashg'ulotlaridan chetlatilgan edi. Qanot futbolchisi qishki transfer oynasida "qizil iblislar"ni tark etishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida 15 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
27 yoshli Rafinya 60 million evroga, 23 yoshli Sancho esa 32 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar