"Barselona" prezidentiga Xavining uslubi yoqmayapti
16 dek 2023 19:44
Yangiliklar
"Barselona" prezidentiga Xavining uslubi yoqmayapti
Joan Laporta Xavining bazi ish uslublaridan mamnun emas.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" prezidentiga murabbiyning "Portu" (2:1) va "Atletiko"ga (1:0) qarshi bahslardan so'ng bergan ikki kunlik tatili va yigitlarni kartingga olib borish qarori yoqmadi.
O'tgan haftada, 7 dekabr kuni, Xavi jamoani kartingga olib bordi. Murabbiylar bu yo'l bilan futbolchilar o'rtasidagi ishonchni oshirishga harakat qilishadi.
3 kun o'tib "Barselona" "Jirona"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Keyingi kun "Barselona" "Antverpen"ga qarshi o'yin uchun qaydnoma elon qildi va unda Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan hamda Ronald Arauxolar yo'q edi. Vaziyatga Laporta va Deku aralashganidan so'ng, Xavi qaydnomani o'zgartirdi.
Malumotlarga ko'ra, karting g'oyasi aynan Xavidan chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar