"Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman"
16 jan 2018 21:14
Yangiliklar
"Barselona" posboni: "Jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish uchun ko'p ishlayapman"
"Ispanchani ancha yaxshi o'rganib oldim, deyarli hamma narsani tushunyapman. Haftasiga ikki marta ispan tili darslariga qatnayapman.
"Barselona"da ikki nafar teng kuchli darvozabon bor? Bu yoqimli. Demak, o'z ishimni yaxshi uddalayotgan ekanman. Futbolchi - jamoaviy sport turi, biz birgalikda chempion bo'lmoqchimiz. Bir kishi hammasiga erisha olmaydi.
"Barselona"ning asosiy posboni bo'lish uchun tinimsiz ishlashda davom etyapman. Bu yil Mark - dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri va men asosiyda o'ynashim kerak desam, bu ahmoqlik bo'ladi. Agar uning saviyasi pasaysa, men ko'proq maydonga tushishni istab qolaman, biroq hozir u kuchli, buni tan olaman. Biroq kurashishda davom etaman" - deydi Sillessen.
Joriy mavsum 28 yoshli posbon "Barselona" safida 5ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar