So’nggi yangiliklar

16:38"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  4 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  2 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  4 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  42

LaLiga. "Barselona" "Osasuna"ni yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" "Osasuna"ni yirik hisobda taslim etdi

La Liga 11-tur doirasidagi "Barselona" - "Osasuna" o'yini bo'lib o'tdi.

Barcelona

Martin Braithwaite - 29', Antoine Griezmann - 42', Philippe Coutinho - 57', Lionel Messi - 73'

LaLiga . 11-tur

29/11/2020, 18:00

0
:
4
Tugadi

Osasuna

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
29'  Martin Braithwaite
42'  Antoine Griezmann
46'  Pedri (Sergio Busquets)
57'  Philippe Coutinho
57'  Antoine Griezmann
61'  Philippe Coutinho (Ousmane Dembele)
61'  Sergino Dest (Junior Firpo)
61'  Martin Braithwaite (Trincao)
67'  Clement Lenglet (Carles Alena)
70'  Ousmane Dembele
73'  Lionel Messi
73'  Trincao
74'  Lionel Messi
23'  Jony (Juan Cruz)
63'  Inigo Perez (Roberto Torres)
64'  Oier (Darko Brasanac)
74'  Ante Budimir (Enric Gallego)
74'  Ruben Garcia (Enrique Barja)


"Barselona" – "Osasuna" 4:0

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 29 Breytueyt, 2:0 – 42 Grizmann, 3:0 – 57 Koutino, 4:0 – 73 Messi.

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Langle (Alenya, 67), Mingesa, Dest (Firpo, 61), Koutino (Dembele, 61), de Yong, Pedri (Buskets, 46), Messi, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 61).

"Osasuna" – Errera, Unai Garsiya, Navas, Ronkalya, Vidal, Monkayola, Oyer Sanxurxo (Brashanac, 64), Ruben Garsiya (Barxa, 74), Inigo Peres (Roberto Torres, 63), Xoni Rodriges (Xuan Krus, 23), Budimir (Galego, 74).

Ogohlantirishlar: Messi (74).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. "Barselona" raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan jarima zarbasi ishlab oldi. Ushbu standartni Messi ijro etdi. "Osasuna" posboni uzoq burchakka berilgan zarbadan so'ng to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

79. ZARBAAA! Ter SHtegen "Osasuna" futbolchisining yaqin masofadan bergan zarbasini oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi, ammo so'nggi onda to'p uning tovoniga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va xavf bartaraf etildi.

73. GOOOOL! Nihoyat Lionel Messi o'z uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi. U golni MARADONAga bag'ishladi. Leo markazdan biroz chapga yurdi va to'pni o'ziga to'g'irlab, darvozaning uzoq burchagiga kuchli zarba berdi. 4:0.

70. GOOOL! 4:0! Usmon Dembele Trinkauning uzatmasidan so'ng to'pni uzoq burchakka yo'lladi va hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi. VAR ishga kirishdi va gol hisobga olinmadi. Trinkau ofsaydda bo'lgan ekan.

68. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Roberto Torres "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga yaqin keldi, ammo birinchi zarbadan so'ng to'p to'singa tegdi, ikkinchisidan keyin esa Ter SHtegen uni egallab oldi.

65. "Barselona" futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. Langle tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Himoyachi uchun uchrashuv yakunlangan ko'rinadi, u o'rnidan turmayapti.

57. GOOOOL! 3:0! "Barselona"ning ajoyib hujumini Grizmann yakunlashi mumkin edi, ammo u tshhpni qizg'onmadi va o'zidan qulayroq vaziyatda turgan Koutinoga pas berdi. Braziliyalik esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

51. ZARBAAA! De Yong qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo niderlandiyalik bu vazifani uddalay olmadi.

50. Ante Budimir omadini sinab ko'rdi va uzoq masofadan zarba berdi. Ter SHtegen to'pni muammosiz egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

45+2. "Osasnua" futbolchisi markazdan "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga urinib, to'pga zarba berdi, ammo to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

42. GOOOOOOL! SUPERGOL! Grizmanning ajoyib zarbasidan so'ng to'p darvozaga "mixlanib" qoldi. Xordi Alba to'pni jarima maydonchasiga uzatganidan so'ng, "Osasuna" futbolchisi to'pni boshi bilan qaytardi, Grizmann esa havodagi to'pni to'xtatib o'tirmay, unga zarba berdi. 2:0.

40. GOOOL! "Osasuna" hisobni tenglashtirdi! YO'Q, yon hakam bayroqchasini ko'tardi. Takroriy lavhada ham ofsayd borligi ko'rindi. Biroq Ter SHtegen golgacha ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.

29. GOOOL! Darvoza ishg'ol qilindi, Kataloniya klubi golni nishonlamoqda, ammo to'p palapartishlik bilan darvozaga kirib ketdi. To'pga so'nggi bo'lib Breytueyt tekkan ekan va gol uning hisobiga yoziladi. Leo darvozaga kirib ketayotgan to'pga Maradona uslubida tegishga urindi, ammo fikridan qaytdi.

28. O'yin qiziq o'tmoqda deyish qiyin, hozirgina Koutino jamoadoshining erlatib bergan pasini golga aylantirishga urindi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

21. Aytgancha, "Barselona" bugun o'zining 121 yilligini nishonlamoqda. 1899 yilda asos solingan klub bugun dunyo darajasidagi grandga aylangan, ammo jamoaning so'nggi yillardagi natijalari pasayib ketmoqda.

18. "Osasuna" ajoyib hujum amalga oshirdi va u zarba bilan yakun topdi. Afsuski to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

15. Ayni damda LaLiga turnir jadvaliga etibor bersak, ushbu bahs ishtirokchilari qo'shni hisoblanishadi. "Barselona" 14, "Osasuna" esa 15-o'rinni band qilib turishibdi.

11. ZARBAAA! Koutinoning zarbasi aniq bo'ldi, ammo raqib jamoa himoyachilari to'pni chiziq ustidan qaytarib qolishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


LA LIGA TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика