"Barselona" Ore bilan muzokara o'tkazmagan
06 noy 2017 13:55
Yangiliklar
"Barselona" Ore bilan muzokara o'tkazmagan
"Barselona" "Tottenxem" yarim himoyachisi Serj Ore bilan muzokara o'tkazgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, muzokaralarda ijobiy o'zgarishlar bo'lgan ekan.
"Menga qiziqish bildirgan Evropa grandlari cho'chib qolishdi. Bu o'zim istagan narsa. "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazdim va ularda ijobiy o'zgarish bor edi. "Barselona"dagilar ham o'zimni yaxshi tutishimga shubha qilishgan. Kelajakda Kataloniya klubiga o'tish? Ko'ramiz" - deydi Ore.
Kataloniya klubi vakili esa buning aksini aytdi: "Biz hech qachon u va uning agenti bilan muzokara o'tkazmaganmiz. Ular muzokara o'tkazishni istashgan, ammo muloqot bo'lmagan".
Ore 2017 yilning yozida PSJdan "Tottenxem"ga o'tdi. Futbolchi bir necha marotaba mojaroli voqealar markazida bo'lib qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar