"Barselona" "Nyukasl" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
17 sen 2023 19:34
Yangiliklar
"Barselona" "Nyukasl" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Barselona" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi "Fichajes".
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi 23 yoshli futbolchining o'yinidan hayratda va uni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Agar "Barselona" muzokaralarni boshlasa, "hakkalar" u uchun 70 million evrodan ko'proq so'rashi aytilmoqda.
SHveciyalik futbolchi 2022 yildan beri "Nyukasl"da o'ynab kelmoqda. Isak joriy mavsum 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar