"Barselona" "Manchester Siti"ning jiddiy muammolaridan foydalanib qolmoqchi
10 fev 2023 12:45
Yangiliklar
"Barselona" "Manchester Siti"ning jiddiy muammolaridan foydalanib qolmoqchi
Bir necha kun oldin "Manchester Siti"ga qarshi ayblovlar haqida malumot paydo bo'lgandi. Go'yo "SHaharliklar" 2009-2018 yillarda bir qancha moliyaviy qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan.
Ayblovlar tasdiqlansa, ingliz jamoasi qattiq jazolanadi. OAV ochkolar olib tashlanishi, chempionlik unvonlarini yo'qotilishi yoki hatto jamoa APLdan chetlatilishi mumkinligi haqida bong urdi.
"Barselona" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kataloniyaliklar "Manchester Siti"ga qo'yilgan har qanday jazo bazi muhim futbolchilarning ketish ehtimolini oshirishini biladi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, "Barselona" Bernardu Silva va Ilkay Gyundoganga qiziqish bildirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" agar "Manchester Siti" o'z yulduzlarini sotishga majbur bo'lsa, ikki yarim himoyachini ham arzon narxda sotib olishga umid qilmoqda. Kataloniya klubi bir yil avval Silvani sotib olishga harakat qilgan, ammo transfer yakunida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar