"Barselona" Kvaracxeliya transferi bo'yicha futbolchining vakillari bilan bog'langan
05 apr 2024 22:50
Yangiliklar
"Barselona" Kvaracxeliya transferi bo'yicha futbolchining vakillari bilan bog'langan
Kataloniya klub gruziyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.
"Barselona" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvaracxeliyani sotib olishni maqsad qilgan. Kataloniya klubi gruziyalik futbolchining vakillari bilan bog'lanishga ham ulgurgan. Bu haqda AS nashri malum qildi.
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis esa ushbu mavsum yakunida klubning asosiy hujumchisi bo'lmish Viktor Osimxen boshqa klubga o'tishini sezib turibdi. SHu sabab ham, u "Napoli"ning boshqa yulduzlarini jamoada saqlab olish uchun bor kuchini ishga soladi. "Barselona" uchun esa bu muammoga aylanishi mumkin.
Malumot uchun, Xvicha Kvaracxeliyaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar