"Barselona" Grizmann uchun narx belgiladi
02 okt 2022 18:35
Yangiliklar
"Barselona" Grizmann uchun narx belgiladi
"Barselona" JCH-2022ga qadar Antuan Grizmanni sotish borasida kelishuvga erishmoqchi.
Klub hozirdanoq tarkib borasida yangi mavsum uchun rejalar tuzmoqchi. SHu sababdan 2023 yil yoziga qadar ijaraga berilgan Antuan Grizmann borasida bir qarorga kelmoqchi.
Grizmann jamoa bosh murabbiyi Xavining rejalariga kirmayapti. "Atletiko" esa sotib olishni istamayotgani sababli futbolchining Kataloniyaga qaytishi anchagina muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi kutilmoqda.
"Barselona" Grizmanni 20 million evro evaziga ham sotib yuborishga tayyor turibdi. "Atletiko" ham o'z navbatida shuncha mablag' to'lamoqchi. Klublar JCH-2022 startiga qadar ushbu muammoni hal qilishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar