"Barselona" futbolchisi PSJga o'tishga yaqin
28 iyu 2023 19:55
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi PSJga o'tishga yaqin
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele PSJga o'tishi kutilmoqda.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy pallada. PSJ 31 iyulga qadar futbolchi uchun ko'rsatilgan 50 mln evro tovon pulini to'lab, tarkibga tezroq olib kelishni istamoqda. 1 avgustdan keyini franciyalikning tovon puli 100 mln evroga ko'tariladi.
Dembelega PSJ loyihasi yoqqan. Ammo u PSJdan ketishi kutilayotgan Kilian Mbappening o'rniga kelayotgani yo'q.
Dembele o'tgan mavsum LaLiganing 25 o'yinida 5 gol va 7 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar