“Barselona” etakchisi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
10 dek 2017 02:09
Yangiliklar
“Barselona” etakchisi “Vilyarreal”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
“Barselona” yarim himoyachisi Andre Inesta La Liganing 15-turida “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Ko'k-anorranglilar sardori o'tgan turda “Selta” (2:2)ga qarshi bellashuvda jarohati bois o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib bergandi.
33 yoshli futbolchi ECHL 6-turi doirasida “Sporting”ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi va “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda ham u maydonga tusha olmaydi.
Ayni paytda aynan jarohati bois Dembele, Rafinya, Maskerano va Yumtiti “Barselona”ga yordam bera olishmayapti. Bundan tashqari Arda Turan va Xerard Delofeu ham ushbu turda maydonga tushishmaydi.
“Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi 10 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar