“Barselona” Dembelening jarohati sabab 10 mln evro iqtisod qiladi
18 sen 2017 23:06
Yangiliklar
“Barselona” Dembelening jarohati sabab 10 mln evro iqtisod qiladi
Ispaniya chempionatining 4-turida “Barselona” safarda “Xetafe”ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Uchrashuvning birinchi bo'lim o'rtalarida kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembele jarohat olib, maydonnni tark etgandi. Jarohat ancha jiddiy bo'lib chiqdi va Usmon 4 oy mobaynida maydonga tusha olmadi.
AS nashrining xabar berishicha, franciyalik futbolchining jarohati sabab “Barselona” 10 million evro iqtisod qiladi. Kataloniyaliklar “Borussiya”ga aynan 10 millon evro bonusni to'lashmaydi.
Malumot uchun, Dembele Finlyandiyaga yo'l oladi va o'sha erda jarrohlik stoliga yotadi. “Barselona” Usmon uchun 105 million evro to'lagan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar