"Barselona" bir mavsum "Kamp Nou"dan boshqa stadionda o'ynaydi
09 mar 2022 14:25
Yangiliklar
"Barselona" bir mavsum "Kamp Nou"dan boshqa stadionda o'ynaydi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar "Kamp Nou" rekonstrukciyasi sabab o'z o'yinlarini boshqa stadionda o'tkazishga to'g'ri kelishini xabar qildi.
Katta ehtimol bilan jamoa uy o'yinlarini Montjuikdagi "Olimpiya stadioni"da o'tkazadi. Ijara uchun 20 million evro atrofida to'lashga to'g'ri keladi.
"Biz bir nechta variantlarni ko'rib chiqdik. Eng to'g'ri keladigani - Montjuik. Boshqa variantlarni ham o'rgandik, ammo ular qiyin va amalga oshirib bo'lmas edi. Agar hammasi yaxshi ketsa, bu atigi bir mavsumga bo'ladi", - deydi Laporta.
"Barselona" La Ligada 26 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda, jadvalda 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar