"Barselona" "Bayer" yulduziga qiziqmoqda
23 mar 18:38
Yangiliklar
"Barselona" "Bayer" yulduziga qiziqmoqda
"Barselona" "Bayer"ning ispaniyalik himoyachisi Aleks Grimaldoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanotni kuchaytirib, qo'shimcha raqobat yaratmoqchi. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, Grimaldo - uning tizimiga juda mos o'yinchi. Qayd etilishicha, "Bayer" ispaniyalik futbolchi uchun kamida 60 mln evro talab qiladi. Avvalroq, futbolchining o'zi ham "Barselona"ga qaytishni istayotgani haqida ommaga malum qilgandi.
Aleks Grimaldo "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2023 yildan buyon "Bayer" sharafini himoya qilib kelmoqda. Umuman olganda, ispaniyalik nemis jamoasi safida 90 ta o'yin o'tkazib, ularda 16 ta gol va 31 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar