"Barselona" "Bayer" etakchisini kuzatib bormoqda
12 okt 2023 14:24
Yangiliklar
"Barselona" "Bayer" etakchisini kuzatib bormoqda
"Barselona" Leverkuzenning "Bayer" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Vircga etibor qaratmoqda.
Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, leverkuzenliklar 20 yoshli xavbek uchun katta summa so'rashadi. "Ko'k-anorranglilar" bunga asoslanib, o'z poziciyalarini mustahkamlash uchun muqobil variantlar ustida ishlamoqda.
Tegishli nomzodlar orasida "Portu" va "Antverpen"da to'p tepayotgan yarim himoyachilar Alan Varela va Artur Vermeren bor.
Virc joriy mavsum "Bayer" tarkibida 10 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Vircni 85 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar