"Barselona" "Atletiko" yulduzi bilan bog'landi
27 okt 2017 11:04
Yangiliklar
"Barselona" "Atletiko" yulduzi bilan bog'landi
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmannga qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi vakillari Franciya terma jamoasi futbolchisining agenti bilan bog'lanishgan. Ko'k-anorranglilar bosh murabbiyi Ernesto Valverdega Grizmanning o'yini yoqadi va o'z tarkibida uni ko'rmoqchi. "Barselona" yozgi transfer oynasida Antuanni xarid qilishga urindi, biroq "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu franciyalik uchun 200 mln. evro to'lashga rozi bo'lmadi. SHunga qaramay kataloniyaliklar joriy mavsum oxirida Grizmanning transfer huquqini sotib olishmoqchi, chunki o'sha paytda "Barselona" futbolchi uchun "Atletiko"ga 100 mln. evro to'lashi mumkin.
Grizmann va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar