"Barselona" asosiy futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi
22 jan 17:59
Yangiliklar
"Barselona" asosiy futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri ECHL doirasidagi "Slaviya" bilan uchrashuvda (4:2) maydonni erta tark etdi.
23 yoshli xavbek sog'lig'ida muammolar paydo bo'lgani tufayli 61-daqiqada Dani Olmoga almashtirilgandi. 
Malum bo'lishicha, u tizzaosti payini shikastlab olgan va 1 oy maydonga tusha olmaydi.
"Hozircha aniq bir narsa deyish qiyin. Pedrida son mushaklari bilan bog'liq muammo bor, endilikda barchasi tekshiruv natijalariga bog'liq", – degan edi avvalroq jamoa ustozi Flik.
Pedri ushbu mavsum barcha turnirlarda 25 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi. Futbolchining transfer qiymati 140 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar