“Barsa” rahbariyati vakili Messi haqida: “Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin”
23 mar 2022 08:50
Yangiliklar
“Barsa” rahbariyati vakili Messi haqida: “Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin”
“Barselona” prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masip PSJ forvardi Lionel Messining Kataloniyaga qaytishini inkor etmadi.
“Imkonsiz narsaning o'zi yo'q, hatto hayotda eng kutilmagan hodisalar ham sodir bo'lishi mumkin. Messi davrida “Barselona” ehtimol tarixdagi eng yaxshi yillarni boshdan kechirgandir, ammo keyin yo'llar ayrildi va u Parij loyihasini tanladi. “Barselona” uchun esa bari yomon bo'lgandek tuyuldi, ammo jamoa omon qoldi va hozir qoyilmaqom ko'rinishga ega”, deydi Masip.
Avvalroq, kataloniyaliklar ustozi Xavi Messi uchun “Barselona” eshiklari doimo ochiqligi haqida aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar