"Barsa" "Kamp Nou"dagi 475 ta VIP-o'rinni 30 yilga 100 million evro evaziga sotdi. Klub La Ligani 31 dekabrda ogohlantirgan
16 jan 17:04
Yangiliklar


"Barsa" "Kamp Nou"dagi 475 ta VIP-o'rinni 30 yilga 100 million evro evaziga sotdi. Klub La Ligani 31 dekabrda ogohlantirgan
475 o'rin 30 yilga aynan shu investorlarga "sotilgan".
Takidlanishicha, xaridorlar VIP-o'rinlardan o'zlari foydalanishlari ham yoki yana boshqa kimgadir sotishlari ham mumkin. Investorlar o'rinlardan foydalanish huquqini beruvchi licenziyaga butun muddat davomida avans puli o'tkazib borishadi – shunday qilib, kelishuv muddatining umumiy muddati davomida "Barselona" hisobiga muntazam ravishda pul tushib turadi.
VIP-o'rinlar sotuvidan tushgan pul "Barselona"ga "1 - 1" qoidasiga chiqish imkonini beradi, qo'shimchasiga, klub "Kamp Nou" rekonstrukciyasi bo'yicha investorlar oldidagi qarzlarining bir qismini yopadi. Avvalroq, klub shu orqali 100 mln evro ishlab olishi malum bo'lgandi.
"Barselona" xabarida klub barcha zarur hujjatlarning La Ligaga 31 dekabr sanasi oxirigacha jo'natgani takidlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar