"Barsa" Gavi uchun 2 mln., "Liverpul" esa 9 mln. maosh to'lashga tayyor, futbolchining o'zi esa...
10 iyu 2022 08:49
Yangiliklar
"Barsa" Gavi uchun 2 mln., "Liverpul" esa 9 mln. maosh to'lashga tayyor, futbolchining o'zi esa...
"Barselona" va futbolchi Gavi yangi shartnoma bo'yicha hali kelisha olmayapti.
Malumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchiga yiliga 2 million evro maosh taklif qilmoqda.
Biroq, bu futbolchi va uning agenti talab qilayotgan puldan kamroq.
Gavi "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolamoqchi va maoshi yilma-yil oshishini istaydi. Birinchi yilda 4 mln., ikkinchi yilda 5 mln., uchinchi yil - 6 mln. To'rtinchi yilgi maosh esa futbolchining harakatlaridan kelib chiqib to'lanishi lozim.
Yarim himoyachi oldida APLdan kamida ikkita taklif bor. Ularning biri Gaviga yiliga 9 million evro to'lashga tayyor bo'lib turgan "Liverpul"dan. Biroq, Gavi va uning atrofidagilar "Barsa" bilan kelishib olishni istamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar