So’nggi yangiliklar

18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  4 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  1 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  1 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  2 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  4 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  6 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  6 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  8 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  9

Bahrom Hakimov: "To'p darvozaga kirishni istamasa, qiyin ekan" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "To'p darvozaga kirishni istamasa, qiyin ekan"

Coca-Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Hakimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuv jangovar ruhda o'tishini bilardik. Muxlislarbop o'yin bo'ldi. 

Vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi, foydalana olmadik. Mezbonlar birgina imkoniyatdan gol urib ketishdi. Bu oxirgi o'yin edi, har ikki jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. 

Yigitlardan ranjiganim yo'q, ular qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Yutqazishimiz kerak emasdi. Ikkinchi bo'limda imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi. To'p darvozaga kirishni istamasa, qiyin ekan.

- Jamoaga gol urish uchun nima etishmadi?

- Omad etishmadi deb o'ylayman. Bir oydan ko'proq ishlayotgan bo'lsam, mashg'ulotlarni ko'proq darvoza yonidagi vaziyatlarga urg'u beryapmiz. Tahlil qilib ko'rdik, mendan oldin ham jamoa kam gol urayotgandi. SHu sabab mashg'ulotlarni asosan, darvoza yonidagi vaziyatlarga qaratdik. Hech kim gol urmayman, deb chiqmaydi, omad etishmadi.

- Firdavs CHakalov o'yin qaydnomasida ham ko'rinmadi. Sababi nima?

- Unda jarohat bor edi. CHakalov ikkinchi davrada umuman maydonga tushmadi. Fikrimcha, xato transfer bo'lgan. 

- Jamoadagi keyingi taqdiringiz qanday bo'ladi?

- Bu jamoani o'zim ko'targanman. Klub rahbariyati bilan munosabatimiz yaxshi. Hozirda bu haqda o'ylayotganim yo'q. Kelganimda, Superligada olib qolishga vada qilganim yo'q, lekin harakat qildik. Mening qolish-qolmasligimni klub rahbariyati hal qiladi.

Superligada 16 ta jamoa ishtirok etishini ijobiy baholayman. Nega deganda bundan faqat muxlislar yutadi. O'yinlar soni ko'paysa, futbol ko'payadi. Futbol muxlislar uchun. Masalan, Yaypanda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Uzoq yoki sovuq demasdan, bugun Bekobodga kelib, o'yinni stadiondan kuzatishdi. Jamoa yutsa ham, yutqazsa ham bir xil muxlislik qilishadi.

Superliga ishtirokchilari soni ortsa, o'yinlar ko'payishini aytib o'tdim. Ayrim futbolchilar katta maosh evaziga chempionatimizga kelishadi, lekin kam o'yin o'tkazishmoqda. Jamoalar soni ko'paysa, terma jamoaga nomzod futbolchilar soni yanada ortadi. Bu gaplarni Pro-ligaga tushib ketayotganimiz uchun aytayotganim yo'q. Kubok o'yinlari bo'yicha ham tavsiyam bor: uy-safar tizimini joriy qilish kerak. O'yinlar soni ko'payadi. Terma jamoa bosh murabbiyi ham bu borada aytib o'tibdi, milliy chempionatdagi o'yinlar sonini ko'paytirish kerak. Evropada 18-20 talik ishtirokchilarga asoslanib, chempionat tashkil qilinadi. Eshitdim, ko'p murabbiylar Superliga ishtirokchilari sonini oshirish bo'yicha harakat qilishayotgan ekan. Ehtimol, Pro-liga va Birinchi ligani birlashtirish kerakdir. Bir vaqtlar "Mashal" 7-o'rinni olganida, tushirib yuborilgan. Bundan kimdir o'sib qolgani yo'q. Kelasi yilga "Nasaf" kabi jamoa tuzish borasida ishlaymiz. Yuqori o'rindagi jamoalar Yaypanga xavotir bilan keladigan, kurashuvchan jamoa tuzamiz. 

Hozir 12 ta futbolchimiz bilan shartnomamiz bor. Bir yilda Pro-ligadan chiqib, Superligada natija ko'rsatish oson emas.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика